
Faoliyati toʻxtatilgan «Turkistonbank» va «Hi-Tech Bank» mijozlariga qancha miqdordagi omonatlarni qaytarishi ma'lum boʻldi.
Bu haqida Markaziy bank Departamenti direktori Sanjar Nosirov ma'lumot berdi.
– Bugungi kunda «Turkistonbank»da aholining 339 milliard soʻm, «Hi-Tech Bank»da esa 5 milliard soʻmlik omonatlari bor. Yuqoridagi ikki bank omonatchilarining barcha mablagʻlari 2 oydan soʻng birinchi navbatda toʻliq qaytariladi.
Litsenziyasi chaqirib olinayotgan yuqoridagi ikki bank omonatchilari oʻzlarini xotirjam his qilishlari mumkin, – deydi Markaziy bank rasmiysi.
Shuningdek, «Turkiston» va «Hi-Tech Bank» faoliyati nega toʻxtatilganiga izoh berildi.
Qayd etilishicha, «Turkistonbank»ning kapitali 140 milliard soʻmni, «Hi-Tech Bank» kapitali esa, 90 milliard soʻmni tashkil etadi.
Amaldagi tartibga koʻra, banklar ustav kapitaliga nisbatan 100 milliard soʻmlik talab bor.
«Turkistonbank»da 117 milliard soʻm ustav kapitali boʻlgan. «Hi-Tech Bank»da 116 milliard soʻm ustav kapitali shakllantirilgan. Umumiy kapitali ustav kapitalidan kam boʻlganligining sababi zarar koʻrgani uchun umumiy kapitali kamni tashkil qilgan.
TurkistonbankHi-Tech BankMarkaziy BankOmonatlarFaoliyat To'xtatilganMijozlarga Qaytarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar