
Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Filial ochilish marosimida Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Rasmiy ochilish marosimi doirasida Tatariston prezidenti, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – energetika vaziri, oliy ta’lim vaziri, viloyat hokimi hamda hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tatariston prezidenti Jizzaxdagi Qozon universitetining ochilishida ishtirok etdi
Uchrashuvda so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasidagi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi bugungi kunga kelib yangi sifat darajasiga ko‘tarilgani haqida so‘z bordi. Hamkorlik natijasi o‘laroq, joriy o‘quv yilidan Qozon federal universiteti Jizzax filiali hisobidan mamlakatda yana bitta Rossiya oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Jizzaxda Qozon federal universiteti filiali ochildi
Qozon federal universiteti ayni paytda O‘zbekistonning 32 ta yetakchi universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ular o‘rtasida akademik almashuv, o‘qituvchilarni ma’ruzalar o‘qishga taklif qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, magistrantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar uchun qisqa muddatli ilmiy amaliyotlar, talabalar almashuvi bo‘yicha ishlar faol rivojlanyapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar