20:30 / 01.11.2022
1 332

Sportimiz qaldirg‘ochlari

Sportimiz qaldirg‘ochlari
Mamlakatimizda yoshlarni ommaviy sport turlariga qiziqtirish, xususan shaxmat shashka to‘garaklariga muntazam jalb etib borish yo‘nalishida e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmokda. “Sog‘lom tanda - sog‘ aql” deganlaridek bugungi kun yoshlari bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan bir qatorda jismoniy jihatdan chiniqib ulgaymokdalar.

Joriy yil 26 oktabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 155- sonli umumta’lim maktabida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Yuqori sinf o‘kuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular orasida shaxmat bo‘yicha tuman va shahar bosqichlarida o‘tkazilgan musobaqalarning g‘oliblari ham bor. Kelajakda shaxmat sporti bo‘yicha murabbiy bo‘laman degan yoshlar o‘zlaridan kichik yoshdagi bolajonlarga mahorat darsalarini o‘tishdi.

Musobaqaga nafaqat shaxmatga qizikuvchi yoshlar, balki sportning dzyudo, ko‘pkurash, belbog‘li kurash turlariga qiziquvchi o‘quvchi yoshlar ham jam bo‘lishdi. Zulfiya Yusupova rahbarligidagi maktab jamoasi bu kabi tadbirlarni tashkil etish orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga sportga bo‘lgan muhabbatlarini yana ham yuksaltirib borishga hissa qo‘shishmoqda. Bo‘lib o‘tgan tadbir do‘stona kayfiyatda o‘tdi.

Bolajonlar shaxmat bo‘yicha mahoratlarini oshirdilar, fikr almashdilar, kelajakdagi orzu va maqsadlari haqida suhbat qurdilar. Tadbirda shaxmat bo‘yicha sport murabbiyi Ravshan Shukurov ishtirok etib mahorat darsini o‘tib berdi va ko‘plab shogirdlarining erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Bu kabi tadbirlar kuzgi ta’til kunlarida ham davom etadi. Maksad bitta - o‘sib kelayotgan yosh avlodni sportga oshno etish, ularning ruhan tetik, sog‘lom va barkamol bo‘lib kamolga yetishlarini ta’minlashdir.

Xasanova Umida
Yashnobod tumani 155 - sonli umumta’lim
maktabining targ‘ibotchisi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat