
AQSH quruqlikdagi qo‘shinlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Vendul Xagler O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar qo‘shinlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar avtomobillarini topshirdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qo‘shinlar boshqarmasi boshlig‘i maxsus tezkor qo‘shinlar nomidan texnikalarni qabul qilib oldi.
Uskunalar AQSH Mudofaa vazirligining «Hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi doirasida taqdim etilgan. Avtomobillar 2,8 million dollarga baholangan va Amerikaning O‘zbekistonga hadya qilingan mudofaa mahsulotlarining bir qismidir.
«Ushbu uskunalarning topshirilishi Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga milliy suverenitet va hududiy yaxlitligini himoya qilishga hissa qo‘shish uchun taklif etayotgan yordam shakllaridan biri xolos. Qo‘shma Shtatlar so‘nggi 31 yil ichida sezilarli darajada rivojlangan hamkorligimizni yanada mustahkamlanishini intiqlik bilan kutmoqda», dedi general-mayor Xagler o‘z so‘zida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar