
O‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan shaxs ushlandi.
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqarodan 5500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u mazkur fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini, boshqa yengilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar