date
views 1 723

Namanganda harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi (video)

Namanganda harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi (video)
Foto: Namangan FVB mabtuot xizmati
Namanganda 10 oktabr kuni harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi.

Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «Zarbdor» mahalla fuqarolar yig‘ini Ravnaq hududida harakatlanib ketayotgan ushbu mashinada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar soat 08:33 lar atrofida kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in qutqaruvchilari joyga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.

Yong‘in oqibatida avtomobil old motor qismi, shinalari, saloni hamda avtomobilga tegishli hujjatlar to‘liq yonib zararlangan. Kuyib tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Namangan FVB mabtuot xizmati
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi (video)