date
views 1 257

Qoraqalpogʻistonda Cobalt avtomashinasi yonayotib portlab ketdi (video)

Qoraqalpogʻistonda Cobalt avtomashinasi yonayotib portlab ketdi (video)
Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida Cobalt yonayotib portlab ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati holat boʻyicha ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 11 noyabr kuni soat 15:30 larda Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani «Oqboshli» OFY hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 584—585-kilometrlari oraligʻida haydovchi, 2001 yilda tugʻilgan K.S. boshqaruvidagi Cobalt dvigatel qismida qisqa tutashuv sababli yongʻin yuzaga kelgan va yukxonasida boʻlgan gaz ballon portlagan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Ushbu hodisa yuzasidan Toʻrtkoʻl tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpogʻistonda Cobalt avtomashinasi yonayotib portlab ketdi (video)