1 950
Lolagul Qallixanova: «Joʻqorgʻi Kenges deputatlari judayam passiv boʻlgan, ular xalq bilan muloqot qilganda bu voqealar boʻlmasdi»

Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudida soʻz olgan Lolagul Qallixanova Joʻqorgʻi Kenges deputatlari judayam passiv boʻlganini, xalq bilan etarli darajada muloqot qilmaganini aytdi.
- Oldin aytilganidek, Joʻqorgʻi Kenges deputatlari juda passiv boʻlgan. Na fuqarolik, na deputatlik pozitsiyasini bildirgan. Shunchaki, passiv odamlar boʻlgan, xolos. Agar ular xalq bilan biroz maslahat qilganida bunday narsa boʻlmasdi. Shuning uchun men shunday deb aytganman. Bu qonunbuzilishi ekanligidan xabarim bor. Javobgarlikdan qochmayman, — dedi sudda soʻz olgan jurnalist.
Lolagul Qallixanova sudning «28 iyun kuni ertalabki soat 07:31 da Telegram’dagi «Makan.uz» kanalida Dauletmurat Tajimuratov ishtirokida 22 nafar advokat yigʻilishi boʻyicha videomaterial joylashtirilgan. Tajimuratov qatnashgan bu yigʻilish materialini Sizga kanalga joylashni kim tavsiya qilgandi?», — deya berilgan savolga «Hech kim tavsiya qilmagan. Kanalimda koʻrgan boʻlsangiz, Qoraqalpogʻistonda boʻlayotgan barcha narsani, fleshmob video boʻlsin, fikr boʻlsin hammasini joylab kelganman. Hech kim tavsiya qilmagan. Oʻz tashabbusim bilan qilganman», — dedi.
Sudya savolini davom ettirib, «Bu videomaterial Tajimuratovga tegishli kanalda 29 iyun kuni e'lon qilingan. Siz bu materialni bir kun oldin joylashtirgansiz a?», deb soʻradi. Bunga javob bergan jurnalist «Menga Telegram-botga kelgandi. Botga kelgan narsani chiqarganman. Makanuzbot degani bor», — dedi.
Lolagul Qallixanova Telegram kanaliga joylagan videosini sharhlar ekan, «Ochigʻi advokat boʻlganidan keyin bir narsani bilmasa gaprimasa kerakdir deb oʻylagandim», — dedi.
Qallixanovaning aytishicha, Tajimuratovning odamlarni namoyish oʻtkazishga davat qilingani koʻringan video ham uning Telegram botiga kelgan.
«Bu videomaterialni kanalingizda e'lon qilishdan maqsad nima edi?», — degan savolga javob bergan jurnalist «Qoraqalpogʻistonda shunday voqea boʻlyapti. Xalq shu darajaga etib keldi», degan maqsadda chiqarilgan dedi.
«Makan» internet-nashrining sobiq ma'muri Lolagul Qallixonova sudda oʻz aybiga toʻliq iqror boʻldi.
- Biz juda katta xatoga yoʻl qoʻydik, oʻz yurtimizga tosh otdik. Tartibsizliklar paytida har bir insonning oʻlimi uning vijdoniga bogʻliq va hech qanday qamoq jazosi bu xatti-harakatlarni oqlay olmaydi, — dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar