
Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov jinoyat ishlariga doir sud protsesslarida haqiqiy tortishuvchanlik prinsipi ta’minlamayotganini tan olib, prokurorlarda faollik yetishmayotganini aytdi.
“Oxirgi paytlarda himoyachilarimiz (advokatlar) faol. Ular har bir ishga tayyorgarlik bilan kelib, kerak bo‘lsa, sudyalarimizni noqulay holatlarga ham solib qo‘yishga harakatlar bo‘lyapti.
Lekin, hamma biladi, sud protsesslarida ayblov prokuror tomonidan ta’minlanishi kerak. Prokuror protsessga kelmasa, biz sudni boshqa kunga qoldirishga majburmiz. Natijada odamlar sudlardan norozi. “Sud bizni sarson qildi, bizni chaqirib, protsessni boshlamadi”, deyapti. Bu masalalar bo‘yicha ham hurmatli prezidentimizga muammolarimizni yetkazdik. Yechimlar asosida ham takliflar berdik”, – degan Baxtiyor Islomov 26 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Sudyalari assotsiatsiyasining VI s’ezdida.
Oliy sud raisi protsessga tayyorgarliksiz kelayotgan prokurorlar tufayli sudyalarning xolisligiga shubha tug‘ilayotganini bildirgan.
“Prokurorlar oxirgi vaqtlarda… oddiy so‘z bilan aytganda, qo‘ltig‘iga shu NPni beramiz, hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, o‘sha yerdan o‘qib... Ayblov nuqtayi nazaridan birorta faol savol-javob yo‘q. Faqat advokat gapiradi. Prokurorning faolligi yo‘qligi sababli biz ayblov nuqtayi nazaridan savol-javobga kirib ketishga majbur bo‘lyapmiz. Bu odamlarning va himoyachining haqli e’tirozlariga olib kelyapti. Sudyaning xolisligiga shubha paydo bo‘lyapti. Aslida bunday bo‘lishi mumkin emas-ku?!” – deya Baxtiyor Islomovning so‘zlarini keltirgan Uzreport TV.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 30, 2022
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Islomov shu yil avgust oyi Oliy sud raisi etib tayinlangan edi. Bungacha u prezident maslahatchisi edi. Uni yangi jamoaga Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov tanishtirgan va sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketganini aytgandi.
Oliy SudBaxtiyor IslomovProkuror FaolligiSud ProtsesslariAdvokatlar FaoliyatiSudyalarning Xolisligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar