
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining «Toshkent tumani hududida Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida»gi, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarorlari bilan Toshkent tumanining chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy obyektlari buzilmoqda.

«Chegarani mustahkamlash, muhofazasini ta’minlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, to‘siqlar, chegara yo‘llari ko‘priklar va boshqa obyektlar bunyod etiladi.
Mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar