
2022 yil 17 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan ikki shaxs qidirilmoqda.
1992 yilda tug‘ilgan Jamalov Baqijon Ibragim o‘g‘li (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Ostona shahri, Kabanboy Batir ko‘chasi 60/1 uy 3 xonadonda yashovchi) va uning shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1999 yilda tug‘ilgan Nugmanova Nodirabegim Amanjul qizi (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Aktau qalasi 12A-kichich tumani 14 uyda yashovchi)ga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
«Hurmatli fuqarolar, agarda siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 102 raqami yoki +998999229677, +998999896288, +998991041212 orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi», deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar