16:06 / 07.12.2022
1 584

«Haddingni bilib yur, bilmasang, ...». IIB mas’uli qo‘l ostidagi xodim bilan tortishdi

«Haddingni bilib yur, bilmasang, ...». IIB mas’uli qo‘l ostidagi xodim bilan tortishdi
Yakkabog‘ tumanida ichki ishlar organi mulozimi qo‘l ostidagi xodimga qo‘pol munosabatda bo‘lgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, videotasvirdagi holatda joriy yilning 17 noyabr kuni Yakkabog‘ tumanida 1987 y.t. Sh.M. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli d.r. 70U102UA bo‘lgan transport vositasi 1975 y.t. fuqaro O.L.ni urib yuborib sodir etgan YTH bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruv jarayoni aks etgan.

Unda jabrlanuvchini tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingandan so‘ng shu yerda avtomashinani ko‘zdan kechirish uchun mutaxassislar jalb qilingunga qadar qo‘riqlovga olish uchun tuman IIB boshlig‘i 1-o‘rinbosari podpolkovnik A.Yangiyev tuman IIB HPB profilaktika inspektori kapitan N.Samandarovga topshiriq berayotganida profilaktika inspektori rahbari bilan gap tortishgan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Haddingni bilib yur, bilmasang, ...». IIB mas’uli qo‘l ostidagi xodim bilan tortishdi