
Kadr: Telegram
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 3 dekabr kuni Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona va bolani urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 1973 yilda tug‘ilgan V.I. Cobalt avtomobilini Zulfiyaxonim ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar — 1991 yilda tug‘ilgan Z.P. va uning farzandi — 2016 yilda tug‘ilgan K.M.ni urib yuborgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 7, 2022
Oqibatda piyoda Z.P. tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Farzandi K.M.ning ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga yuborilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar