
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Jumladan:
- tovar gaz yetkazib berish hajmini sutkasiga 5 million kub metrga oshirish;
- 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanishni taqiqlash, ularni benzinga o‘tkazish;
- xorijiy davlatlar bilan qo‘shimcha tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko‘mir, mazut xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish;
- 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz solig‘i va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘ini hisoblash va undirishni to‘xtatib turish;
- birja sotuvlariga qo‘yilayotgan AI-80 benzini kunlik hajmini oshirish;
- AI-80 benzini narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, narx oshishi boshlang‘ich narxning 5 foizidan ortiq bo‘lmasligini ta’minlash belgilandi.
Prezident AdministratsiyasiTovar GazAI-80 BenziniXorijiy DavlatlarGaz Yetkazib BerishNarx Oshishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar