20:33 / 12.12.2022
1 380

«O‘zbeknefgaz» AYOQSHlarida Ai-80 benzini bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi

«O‘zbeknefgaz» AYOQSHlarida Ai-80 benzini bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi
«O‘zbeknefgaz»ga qarashli barcha AYOQSHlarda 13 dekabr soat 00:00 dan boshlab Ai-80 benzini narxi bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

- "Barchaga rahmat! Bu haydovchilar uchun yengillik beradi, deb umid qilamiz", — deb yozadi deputat.

Shuningdek, prezidentning «Ai-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig‘idan ozod qilish bo‘yicha» qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash. Natijada Ai-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan o‘rtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, aksiz solig‘ining vaqtincha qo‘llanmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd so‘m mablag‘ qoladi. 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar «O‘zneftgazinspeksiya» va «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan, istisno tariqasida, biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-torojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.

Bu o‘zgarishdan so‘ng iqtisodchi Otabek Bakirov «Adashganimdan xursandman!» sarlavhali post qoldirdi.

- Ai-80 benzini 1000 so‘mga emas, 1100 so‘mga arzonlaydi. Benzinga aksizning vaqtincha bekor qilinishi QQSning bekor qilinishi kabi samarasiz chiqadi, deb o‘ylab adashganimdan xursandman.

Endi uzoq muddatda harakatlar samaradorligi uchun hukumat raqobatni qo‘llab-quvatlashni kuchaytirishi kerak. Benzin importchilari soni ko‘payishi kerak, ulgurji va chakana taklif etuvchilar ko‘payishi kerak. Narxlardagi o‘zgarishlar globar bozorlardagi o‘zgarishlar bilan korrelyatsiyada bo‘lishi zarur. Chunki istaymimi yo yo‘qmi, aksizni doimiyga bekor qilib bo‘lmaydi, budjet majburiyatlarini hech kim bekor qilib qo‘ya olmaydi
, — deydi iqtisodchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbeknefgaz» AYOQSHlarida Ai-80 benzini bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi