Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan mazkur qush turini ovlash taqiqlangan. Ovchilar bu harakati bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuhrat Boboqulov ismli fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda ov jarayonida sherigi bilan tushgan suratlarni ulashib, maqtangan. Suratlarda ovchilar tomonidan O‘zbekistonda ovlanishi taqiqlangan qush ham ovlanganligini ko‘rish mumkin.
Jumladan, ovchilar burgutga o‘xshash yirik qushni ko‘tarib suratga tushishgan. Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu tasqara qushi hisoblanadi. Ushbu qush turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va uni O‘zbekiston hududida ovlash taqiqlangan.
Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilish bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi