18:36 / 13.12.2022
1 229

Prezident: Vaziyatni televizorda ko‘rish boshqa, sizlar bilan bevosita ko‘rishib o‘rganish boshqa

Prezident: Vaziyatni televizorda ko‘rish boshqa, sizlar bilan bevosita ko‘rishib o‘rganish boshqa
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi qator obyektlarni ko‘zdan kechirgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ayni paytda tuman faollari va mutasaddilar bilan uchrashdi.

Toshkent shahrida 584 ta mahalla bor. Ulardagi vaziyatni televizorda, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rish boshqa, sizlar bilan bevosita ko‘rishib o‘rganish boshqa. Umuman, Toshkent shahri poytaxtimiz. Uning yutuqlari o‘zimizniki, kamchiliklarini esa muhokama qilib bartaraf etishimiz kerak. Shu bois sizlardan bugun ochiq suhbatlashib olmoqchiman.

Shahar hokimligi so‘ragan mablag‘larni biz berib turibmiz, yaqinda ham 200 mlrd so‘m ajratdik. Men kelishimdan maqsad, qilingan ishlarni maqtanish emas. Yakunlanayotgan yildan saboq, kelgusi yilga reja! Mana shu masala diqqat markazimizda bo‘lishi kerak. Men bejizga mahallaga diqqat qaratmayman: hamma dard mahallada, lekin shu bilan birga hamma davo ham mahallada.

Men bugun bular ko‘rsatgan joydan yurmadim. Men sizlardan so‘rab ko‘chaga kirmayman. Bugun kirgan joyimda tartibni ko‘rmadim, beega joylarni ko‘rdim. Nahotki shularni shuncha tashkilot ko‘rmasa?! Qorlar vaqtida kuralmagan. Shu qadar muzlamaki, keksalar, yosh bolalar yursa, yiqilib jarohat oladi. Rahbarlar qayoqqa qarayapti, qani izlanish?

Albatta, Uchtepa katta tuman. Deyarli 300 ming aholisi bor. Shuning uchun men bosh vazirni qayta-qayta bu tumanga jo‘natyapman. Agar biz muammolar bilan ishlamasak, yoshlar bilan shug‘ullanmasak, ertaga bizning yoshlarimiz bilan boshqalar shug‘ullanadi.

Yaxshi bo‘lish uchun tinimsiz ishlash kerak. Yuz marta qilingan yaxshi ishlarni bitta yomonlik, bitta muammo yuvib ketishi mumkin. Shuning uchun biz erta tongdan turib yengni shimarib ishlashimiz kerak.

Biz hozirdan kelgusi yildagi iqtisodimizni chuqur o‘ylashimiz kerak
”, – dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Vaziyatni televizorda ko‘rish boshqa, sizlar bilan bevosita ko‘rishib o‘rganish boshqa