
16 dekabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani TXAY ko‘chasida joylashgan «Zamona» to‘yxonasi ro‘parasida haydovchi U.U. boshqaruvidagi yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» rusumli hamda haydovchi A.E. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, «Gazel» avtomobili ag‘darilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Transport vositalarida yo‘lovchilar bo‘lmagan.
YTH natijasida «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi A.E. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar