
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 17.11.2022 yildagi ijro hujjatlariga asosan qarzdor “Baxt paxta tozalash” AJdan undiruvchi 18 nafar ishchilar foydasiga 202.819.072 so‘m ish xaqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va qaror nus'hasi ijro uchun qarzdorga yuborilgan.
Qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganidan so‘ng, Byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilishi natijasida qarzdor “Baxt paxta tozalash” AJning debitorlik haqdorligi xisobidan 202.819.072 so‘m pul mablag‘i undirilib undiruvchiga o‘tkazib berildi.
Fuqarolik IshlariSirdaryo TumanBaxt PaxtaIshchilar FoydasiIjro HujjatlariMajburiy Ijro O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar