
Skrin: Telegram
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 24 dekabr kuni kiyim do‘koni ochilishida yuzlab odamlar to‘plandi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoratosh dahasida yangi do‘kon ochilishi munosabati bilan aksiya e’lon qilingani sababli ko‘plab fuqarolar to‘plangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Арзон нархларда кийм-кечак олиш учун ур-тўпалон pic.twitter.com/wB9nhVhmpN
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 24, 2022
Mazkur hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan bo‘lib, vaziyat nazoratga olingan. Keyinchalik yig‘ilgan odamlar tarqatilib, hududda xavfsizlik ta’minlangan.
«Hurmatli fuqarolar, yangi do‘kon ochilishida va arzonlashtirilgan aksiyalar e’lon qilinganda jamoat tartibiga rioya qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Toshkent ShahriKiyim Do‘koniYangi OchilishJamoat TartibiIchki IshlarAksiya E'lon O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar