
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida tizimli ishlar tashkil qilingan.
Ayniqsa, fuqarolarning ish haqlarini undirish va ishga tiklash masalasi doimiy e’tiborda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan fuqaro Sh.Nurillayevni avvalgi Qamashi tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimiga ishga tiklash belgilangan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan, Byuroning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro Sh.Nurillayev o‘z lavozimiga tiklangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar