19:15 / 02.01.2023
1 366

Farg‘onada 3 yigit haydovchini kaltaklab, mashinasini olib qochdi

Farg‘onada 3 yigit haydovchini kaltaklab, mashinasini olib qochdi
Skrin: Telegram
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 14 dekabr kuni ikki yigit boshqa yigitni kaltaklab, mashinasini olib qochdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 01:47 da Alisher Navoiy ko‘chasidagi avtobus bekatida yigitlar haydovchini kaltaklab, hushidan ketqazgan va uning Nexia mashinasini olib qochgan.

«Maqsad uning mashinasini olib qochish edi. Avtomobil ichidan hujjatlarni olganman. Keyin undan tushib, o‘zimizning mashinaga o‘tirib, Farg‘onaga ketganmiz», — deydi ayblanuvchilardan biri.

Shuningdek, mashinani olib qochish jarayonida salon ichidagi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va avtotransport vositasi guvohnomasi ham olib qochilgan.

Tezkor qidiruv guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Nexia Qo‘qon shahri Alisher Navoiy ko‘chadagi Davlat xizmatlari agentligi binosi ro‘parasida avtoturargohda tashlab ketilgan aniqlandi.

Tergovchi Qahramon Xolmatovning ta’kidlashicha, holat yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan Qo‘qon shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat