date
views 501

Toshkent Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi 60 kilometrgacha cheklandi

Toshkent Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi 60 kilometrgacha cheklandi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi.

17 yanvar kuni Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni tasdiqlandi.

Mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Transport vositalarining yuqori harakat tezligi cheklangan hududlar to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktabrida Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 71-sessiyasida poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Doimiy komissiya va IIBB YHXB tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash maqsadga muvofiq deb topgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi 60 kilometrgacha cheklandi