15:35 / 25.01.2023
368

Davlat tashkilotlarida 17 447 ta shtat birligi qisqartiriladi

Davlat tashkilotlarida 17 447 ta shtat birligi qisqartiriladi
Bugun, 25 yanvar kuni “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino bo‘shamoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:
  • shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trln so‘m;
  • avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg‘i-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 mlrd so‘m budjet mablag‘lari iqtisod qilinmoqda.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qat’iyan taqiqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat