
DXX organlari tomonidan fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning «Telegram» messendjeridagi «Kompromat.uzb» va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va xozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida protsess ishtirokchilari advokat bilan ta’minlangan.
Tergov jarayonlarini olib borishda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari ta’minlanishi kafolatlanadi, deyiladi xabarda.
Ushbu jarayon bilan bog‘liq ma’lumotlar doimiy ravishda e’lon qilinib boriladi.
Avvalroq AOKA ham maxkur holat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qilgandi.
DXX TergovJinoyat KodeksiTelegram KanallariFuqaro MurojaatTergov HarakatlariHuquq Va Erkinliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar