09:25 / 06.02.2023
224

Buxoroda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinish fosh etildi

Buxoroda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinish fosh etildi
Foto: Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati
Buxoro xalqaro aeroportida qadimiy tangalarni olib chiqmoqchi bo‘lgan erkak to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro—Domodedovo aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaroning kuzatib borilayotgan bagajining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan.

Foto: Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati
Mazkur holatda tegishli tartibda bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi natijasida xorijiy yo‘nalishda haratlangan fuqaroning hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan holda jami 27 dona tarixiy tangalarni olib chiqishga bo‘lgan urunishi bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat