19:18 / 13.02.2023
143

Shayxontohurda tadbirkor foydasiga yarim mlrd. so‘m miqdorida qarz undirib berildi

Shayxontohurda tadbirkor foydasiga yarim mlrd. so‘m miqdorida qarz undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 12.12.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Lotus Gaz invest" korxonasidan undiruvchi "Smart progress beznis" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 529 mln. 31 ming so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdor korxonaga tadbirkor foydasiga bo‘lgan yarim mlrd. so‘m miqdoridagi qarzni qoplab berishi uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi.

Qarzdor ixtiyoriy muddatda qarzni to‘lab bermagani sabab Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning mol-mulki va bank hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan tadbirkor foydasiga yarim mlrd. so‘m miqdorida qarz summalari undirib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat