10:41 / 19.02.2023
248

Olmaliq shahrida bankomatni tunamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Olmaliq shahrida bankomatni tunamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 12 fevral kuni bankomatni tunamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, shahar hududiga tungi xizmatga jalb etilgan PPX xodimlari tomonidan “Oydin” mahallasidagi bankomatni 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Y. o‘tkir tig‘li jism bilan buzib, pullarni olishga uringanda daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Olmaliq shahri ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat