17:17 / 22.02.2023
179

Bank foydasiga 4,7 mlrd. so‘m undirildi

Bank foydasiga 4,7 mlrd. so‘m undirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining qarzdor “Dao‘letiyar sao‘da  Nukus” MCHJdan undiruvchi “Mikrokreditbank” foydasiga 4 mlrd. 774 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ish yurituviga 09.01.2023 yilda kelib tushib, alohida muhim ijro ishlarni ijro etish sho‘basi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdor jamiyatning bank hisob raqamiga 10.01.2023 yili elektron inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Ijro harakati davomida, undiruvchi “Mikrokreditbank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining 18.01.2023 yildagi xati bilan qarzdor jamiyatning yuqorida ko‘rsatilgan 4 mlrd.  774 mln. so‘m qarzdorligi to‘lig‘i bilan undirilganligini bildirgan va ushbu ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi tamomlangan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat