Toshkent shahar Yashnobod tumanida avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 28 fevral kuni soat 08:20 larda avtobus haydovchilari — 1995 yilda tug‘ilgan M.M. va 1991 yilda tug‘ilgan N.B. Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yo‘l talashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.
Тошкентда автобус ҳайдовчилари йўловчи талашиб жанжаллашди. pic.twitter.com/Eun20zecN2
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) March 1, 2023
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan M.M. va B.N.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)