10:07 / 02.03.2023
891

Mast xolda transport boshqarmang! Aks xolda...

Mast xolda transport boshqarmang! Aks xolda...

️Mast xolda transport boshqarmang! Aks xolda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 131-moddasi, 1-qismiga asosan transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarimaga tortilasiz.

     Marhamat tumanida yashovchi huquqbuzar B.M. 28.08.2022 yilda tumanning Oqibatli ko‘chasida harakatlanib ketayotganida YHXB YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilgan va mast holda avtomashina boshqarganligi aniqlangan. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari sudga yuborilgan.

     Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, fuqaro B.M.ni ikki yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 7 500 000 so‘m jarima jazosini tayinlagan.

     Majburiy ijro byurosi Marhamat tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor B.M.dan ma’muriy jarima pullari to‘liq undirildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat