12:33 / 02.03.2023
642

Sinoptiklar martda ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

Sinoptiklar martda ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida 1972 yilning mart oyi eng sovuq bo‘lgan, hatto mart oyining uchinchi o‘n kunligida ham harorat kechalari 10-15 daraja sovuqqacha pasaygan.

So‘nggi yillar O‘zbekistonda mart oyida asosan iliq ob-havo kuzatilmoqda. 2008, 2016, 2018 yillarning mart oylari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Eng issiq kunlarda harorat 30-32 daraja issiqqacha, janubda ba’zi joylarda 35-37 daraja issiqqacha ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda mart oyi – yog‘ingarchilik miqdori va yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni bo‘yicha yil davomida eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan oy deb hisoblanadi. Shimoliy hududlarni va cho‘l zonasini hisobga olmaganda, mart oyida o‘rtacha 10 kundan 15 kungacha yog‘inli kunlar kuzatiladi.

Bu yil mart oyi juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Mart oyining birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha, ayrim kunlarda 24-27 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda 29 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

5-6 mart kunlari va o‘n kunlik oxirida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, bunday holatga qaramay, mart oyining birinchi o‘n kunligi me’yordan nisbatan iliqroq bo‘ladi.

Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat kechalari 7-12 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha (ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 20-25 daraja issiqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida (har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat