11:44 / 03.03.2023
194

Slovakiya hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Slovakiya hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Slovakiya Iqtisodiyot vazirligining Ikki tomonlama savdo masalalari bo‘yicha hamkorlik departamenti direktori Daniela Koladova bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muzokaralarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari hamda yuqori darajadagi uchrashuv va tashriflarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slovakiya tomoni O‘zbekiston bilan keng qamrovli hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. Slovakiya biznes tuzilmalari o‘zbek ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.

Bu sohadagi aloqalarga yangi turtki berish maqsadida joriy yilda Slovakiya iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va uning doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Slovakiya Hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Slovakiya biznes forumini uyushtirish hamda Slovakiyaning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat