Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi Chirchik shahar bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchik shahar sudining xal qiluv qarorlariga asosan bir necha fuqarolar foydasiga kompensatsiya pullarini undirib berish bo‘yicha ijro hujjatlari mavjud.
Jumladan,bo‘lim ish yurituvidagi ijro varakaga asosan qarzdor Chirchiq shahar xokimligidan, undiruvchi M.Xurramova foydasiga 330 mln. 548 ming so‘m kompensatsiya pullarini undirib berilishi belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida xokimlikning hisob raqamlariga band qo‘yilib,mol mulklari xatlangan.
Natijada, qarzdor Chirchiq shahar xokimligidan, undiruvchi M.Xurramova foydasiga 330 mln. 548 ming so‘m kompensatsiya pullari undirilib, ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda tamomlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring