Qashqadaryoda ichki ishlar xodimini ovqatlanib o‘tirgan joyida “syomka” qilganlarga chora ko‘rildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish894
Qashqadaryoda ichki ishlar xodimini ovqatlanib o‘tirgan joyida “syomka” qilganlarga chora ko‘rildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ichki ishlar organi xodimining ovqatlanib o‘tirgan joyiga bostirib kirib, tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bir necha erkak ovqatlanish shoxobchalaridan birida yo‘l-patrul xizmati xodimini uchratib qolgan. Xodim mazkur shoxobchada ovqatlanayotgan paytida ular kameralar bilan uning yoniga kelib, videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan. Shundan so‘ng ular 102 tezkor raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan va hodisa joyiga Shahrisabz shahar ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhini chaqirib, yolg‘on xabar bergan. Hodisa 26 fevral, yakshanba kuni bo‘lgan.

“Choyxonaga 'dostavka' olish uchun kirganimda hamkasbimni uchratib qoldim. Keyin yoniga o‘tirib, ofitsiantga faqat choy olib kelishini so‘radim. Oradan 10-15 daqiqa o‘tdi, 5 ta odam videoga olib kirib keldi. Ovqatlanishga haqqim yo‘qmi, deb o‘zimga o‘zim savol berdim. Kirib kelib, senlar bu yerda nima qilib o‘tiribsan, senlarga mumkinmi bu yerda o‘tirish, deyapti. Tashqariga chiqishimga ham qo‘yishmadi”, — deydi xodim.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan. Shunga asosan ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?