date
views 377

Saida Mirziyoyeva: «Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam»

Saida Mirziyoyeva: «Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam»

Senat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva buni olqishladi.

«Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam. Ishonchim komilki, endi ularni vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlamoqchi bo‘lganlar qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Qonunni Prezident imzolagach, o‘qituvchilar, umuman, ta’lim sohasi uchun katta voqelik bo‘ladi. Kutamiz», deb yozdi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: «Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam»