Majburiy ijro byurosi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, aliment to‘lovchi otalardan farzandlari uchun moddiy ta’minot undirish bilan bir qatorda ularni ish bilan bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashib kelinmoqda.
Shunday tadbirlarda biri joriy yilning 10 mart kuni Jizzax shaxrida tashkil qilinib, unda sud tomonidan aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Tashkil etilgan yarmarkaga 30 ga yaqin qarzdor ishsiz otalar jalb qilinib, korxona va tashkilotlar tomonidan vakant o‘rinlar, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘tkazilgan bo‘sh o‘rinlar mahnat yarmarkasida 3 nafar aliment to‘lovchilar shu kunning o‘zida doimiy ish joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, 9 nafariga yo‘llanma berildi, qolganlari esa shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz sifatida ro‘yxatga olinishiga ko‘maklashildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)