19:43 / 15.03.2023
309

O‘zbekiston bo‘ylab 36 mingta aholi xonadonida quyosh panellari o‘rnatiladi

O‘zbekiston bo‘ylab 36 mingta aholi xonadonida quyosh panellari o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hududlarda 36,6 mingta aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatiladi.

2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu Dastur asosida mamlakat hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatiladi.

Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat