date
views 277

Saida Mirziyoyeva: “Men doim gender zo‘ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman”

Saida Mirziyoyeva: “Men doim gender zo‘ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman”

Foto: Telegram / @SShMirziyoyeva  

Prezident administratsiyasining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan oilalardagi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida oilalardagi zo‘ravonlikni kriminallashtirish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan, hozirda Oliy Majlis muhokamasida bo‘lgan tegishli qonun loyihasi borasida o‘zaro fikr almashilgan. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva vakilga oilaviy zo‘ravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarurligi borasidagi mulohazalari bilan bo‘lishgan.

Uchrashuvda, shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalari ham muhokama qilingan.

Foto: Telegram / @SShMirziyoyeva 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: “Men doim gender zo‘ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman”