![Quyichirchiqda farzandlar ta’minoti uchun 100 million so‘m undirildi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-03_20-21-40.jpg)
Majburiy ijro byurosining Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan farzandlarning ta’minotini muddatida va sifatli undirib berish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumalararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.Tadjibayevdan, undiruvchi G.Abduvaliyeva foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan ijro harakatlari va tomonlarning kelishuvi natijasida jami 70 mln so‘m undirib berildi.
Yana bir misol, bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Rasulovdan, undiruvchi X.Rasulovaning foydasiga 2 nafar farzandi uchun ular voyaga yetgunga qadar aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va tomonlarni o‘zaro kelishuvi asosida, qarzdor farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 30 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar