18:55 / 07.04.2023
457

Ukraina Qrimni Rossiyaga berish taklifiga munosabat bildirdi

Ukraina Qrimni Rossiyaga berish taklifiga munosabat bildirdi
Foto: “TASS”
Braziliya prezidenti Lula da Silva Ukraina urushni tugatishi uchun Qrim yarimorolini Rossiyaga berishi kerakligini aytgandi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mazkur taklifga munosabat bildirdi.
 
Vazirlikning matbuot kotibi Oleg Nikolenko mazkur taklifga javoban Ukraina hududini savdolashmasligini qayd etdi.
 
Ukraina Braziliya prezidentining Rossiya agressiyasini to‘xtatish uchun yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Shu bilan birga, shuni aniq qayd etishimiz kerak: Ukraina o‘z hududlarida savdo qilmaydi”, — deya u Kiyev pozitsiyasini bildirdi.
 
Nikolenko “Ukraina yerining kamida bir santimetri” uchun imtiyozlar berishda huquqiy, siyosiy va ma’naviy sabablar yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
 
Ukrainaning pozitsiyasi o‘zgarmadi — tinchlikni tiklash bo‘yicha har qanday vositachilik harakatlari BMT nizomi tamoyillariga muvofiq suverenitetni hurmat qilish va mamlakat hududiy yaxlitligini to‘liq tiklashga asoslanishi kerak.
 
Eslatib o‘tamiz, Braziliya prezidenti Lula da Silva jurnalistlar bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Ukrainani egallab ololmasligini va, ehtimol, “Qrimni muhokama qilish arzirli” ekanini aytgandi. U bu fikrni Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan ham muhokama qilmoqchiligini bildirgan va bu muvaffaqiyatli ekaniga ishonch bildirgan. Braziliya prezidenti Zelenskiyning “istaklarini bajarish” mumkin emasligini ham qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat