
Yaxshi bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir, shuningdek 154-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq o‘z muddatida to‘lashi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarimizning ushbu konstitutsion huquqlarini himoya qilish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan 20 nafar fuqarolar ish joylariga tiklanib, 94 nafar fuqarolarga 279,6 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi.
Byuroning Yangiariq tumani bo‘limi ish yurutuvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 24.02.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Yantex Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi B.Mustakimov foydasiga 208,6 mln. so‘m hisoblangan, lekin to‘lab berilmagan ish haqi summasi, foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun 12,4 mln. so‘m kompensatsiya, mehnat daftarchasining berilishi kechiktirilgan jami davr uchun 65,8 mln. so‘m, ma’naviy zarar uchun 11 mln. so‘m, pochta xarajati uchun to‘langan 21 ming so‘m, davlat boji uchun to‘langan 2 mln. so‘m, VKA xarajati uchun to‘langan 75 ming so‘m, jami 299,9 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 299,9 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi sobiq xodimga to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar