date
views 164

Poytaxtda korxona gaz uchun 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni to‘ladi

Poytaxtda korxona gaz uchun 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "Toshissiqquvati" unitar korxonasidan undiruvchi "Hududgaztaminot"AJ foydasiga qarz undirilishi belgilangan.
 
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
 
Qarzdor tomonidan qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lab berilmaganligi sababli qarzdor mol mulk va bank hisob raqamlariga band solinib inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan.
 
Ijro harakatlari davomida qarzdordan "Toshissiqquvati" unitar korxonasidan undiruvchi foydasiga 1 mlrd. 79 mln. 529 ming so‘m to‘lab berildi.
 
Hozirgi kunda qarzdordan qolgan qarzdorlikni undirish ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtda korxona gaz uchun 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni to‘ladi