Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 23 fevral 2023 yildagi ijro varqasiga asosan «A.Qurilish T» MCHJ xisobidan «Asia Clean Rooms» MCHJ foydasiga 276mln.so‘m qarz, 2.8 mln. so‘m davlat boji undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limiga 04.04.2023 yil kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdorning barcha mol-mulklariga ta’qiq o‘rnatilib, xisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasiga asosan «A.Qurilish T» MCHJ xisob raqamlaridan tushgan puldan jamiyatning 276 mln.so‘m qarz, 2.8 mln. so‘m davlat boji to‘liq undirilib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar