Majburiy ijro byurosining Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 16.12.2021 yildagi qarzdor «ARSIFTEXNOPLAST” MCHJdan undiruvchi “Mikrokreditbank” Farg‘ona foydasiga jami 155.529.011 so‘m qarz undirish, undiruvni qo‘shimcha javobgar Quvasoy shahrida yashovchi A.G‘.ga bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinaga qaratish haqidagi ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida bank oldidagi qarzini to‘lamaganligi bois, byuro tomonidan 06.02.2023 yilda “Malibu” rusumli avtomashina aniqlanib, jarima maydoniga olib kirilgan va 110.500.000 so‘mga baholanib, auksion savdoga qo‘yilgan edi.
Auksion savdolarda 07.04.2023 yil kuni “Malibu” avtomashinasi 156.720.000 so‘mga sotilgan va kelib tushgan summa qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirilib, “Malibu” avtomashinasi yangi egasiga topshirildi va ijro hujjati tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar