18:45 / 16.04.2023
212

Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 mln so‘m yechib oldi (video)

Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 mln so‘m yechib oldi (video)
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namangan shahar tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlaridan biri ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olinganini bildirgan va chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.
 
Viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida ushbu jinoyatni Namangan shahridagi maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlandi. Undan daliliy ashyo sifatida o‘zlashtirilgan pullar o‘tkazilgan 2 dona plastik karta olingan.
Viloyat IIB matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat