01:19 / 22.04.2023
239

Arnasoyda 291 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlari undirib berildi

Arnasoyda 291 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlari undirib berildi
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.
 
Biroq, ayrim ish beruvchilar xodimlarni ishlatib, ish haqini berishga kelganda turli xil vajlar keltiradi.
 
Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 11 nafar fuqarolarining “Uchtepa paxta tozalash” Aksiyadorlik jamiyatidan hisoblangan, lekin to‘lanmagan 291 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida sud buyrug‘i kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
 
O‘rganishlar davomida “Uchtepa paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining bundan tashqari yana 14 ta ish haqi undirish bilan bog‘liq ijro xujjatlari bo‘yicha 10 mlrd 532 mln. so‘m qarzdorligi aniqlangan.
 
Ijro harakatlari davomida jamiyati bank xisob raqamlariga muqaddam qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasidan tushgan puldan 11 nafar fuqarolarining to‘lanmagan 291 mln. so‘m ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlari to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat