![MIB Yakkasaroyda 56 mln. so‘mlik kommunal qarzdorlikni undirdi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-28_18-18-21.jpg)
Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor korxonalardan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga kommunal qarzdorliklarni undirishga oid ijro hujjatlari yuzasidan aprel oyi davomida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning aprel oyi davomida Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha jami 18 ta qarzdor yuridik tashkilotlardan undiruvchi elektr ta’minoti korxonasi foydasiga jami 56 mln. so‘mdan ortiq kommunal qarzdorliklar to‘liq undirilib, ijro hujjatlari ijrosi amalda tamomlanishiga erishildi.
Shu bilan birga Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan joylarda iste’mol qilingan gaz va elektr energiyasi uchun vujudga kelgan qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan muntazam ravishda huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirib borilmoqda. Kommunal karzdorlik tulik undirildi.
Toshkent tumanlararo iktisodiy sudining 20.02.2023 yildagi ijro varakasiga asosan karzdor Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika statsionar qismidan undiruvchi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ foydasiga 8.8 mln. so‘m kommunal qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Qarzdor yuridik shaxsga ixtiyoriy muddat belgilanib, mol-mulkini ko‘zdan kechirish jarayonida jami 8,8 mln. so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirildi va ijro ishi ijrosi amalda tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar