Kadr: Telegram
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida erkak rafiqasi va qaynotasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tumanning “Jilva” MFYda yashovchi ayol oilaviy janjallar sabab bir necha bor ota uyiga qaytib kelgan. Shunga qaramay, uning turmush o‘rtog‘i qaynotasinikiga kelib, uni do‘pposlab ketgan.
Marhumaning opasi aytishicha, singlisi eri tomonidan muntazam kaltaklab kelingan, hatto ko‘richagi yorilib ketganida ham turmush o‘rtog‘i shifokor chaqirmagan.
Erkak xotini va ikki nafar farzandini olib ketish uchun kelganida rad javobini olgan. Shundan so‘ng u xonadonga kirib, qaynatasiga pichoq sanchgan. Dadasini himoya qilish uchun kelgan qiz ham pichoqlangan.
Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamog‘ga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar