12:11 / 19.05.2023
94

Surxondaryoda tez yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi

Surxondaryoda tez yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi
Skrin: Telegram / @ssvuz
Surxondaryoda tez yordam shifokorlari sinov tariqasida elektroskuterlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga bir kunda o‘rtacha 3 000 dan ziyod chaqiriq kelib tushmoqda. Murojaatlarning aksariyati 17:00 dan tungi 01:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘iga to‘g‘ri keladi.
 
Albatta, bunday tig‘iz paytda bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu bois viloyat tez yordam xizmatida elektroskuterlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
 
To‘g‘ri, ular zamonaviy 103 avtomashinalari kabi qulayliklarga ega bo‘lmasa-da, tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura oladigan transport vositasi sanaladi.
 
Bu esa shifokorlarning belgilangan manzilga kechikmay yetib borishi va bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishiga xizmat qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda tez yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi